18:05 / 21.10.2019
0
9610

Boeing xodimlarining yozishmalari nazoratchilar e'tiborini tortdi

Boeing Co konserni xodimlarining yozishmalari AQSh kongressi va ikkita 737 MAX layneri halokatini o‘rganayotgan federal regulyatorlarga taqdim etilgan

Foto: AP

Amerikaning Boeing Co aviakonserni AQSh kongressi va ikkita 737 MAX layneri halokatini o‘rganayotgan federal regulyatorlarga taqdim etilgan xodimlarining yozishmalari tufayli kompaniyaga nisbatan savollar ko‘payib borayotganidan taassuf bildirdi.

Boeing kompaniyasining sobiq katta sinovchi uchuvchisi Mark Forkner 2016 yilda o‘z hamkasbiga yozgan maktubida parvozni boshqaruv tizimi bilan bog‘liq muammolar xususida regulyatorlarni ataylabdan chalg‘itganini yozgan. Bu muammolar keyinchalik yuz bergan ikki aviahalokat bilan bog‘liq bo‘lib chiqdi, deb yozadi MarketWatch.

Kompaniya yozishmalar tafsilotini aniqlashda davom etayotganini, Forkner 2016 yilda tasvirlagan simulyatordagi dasturiy ta'minot o‘sha paytda sinov jarayonida bo‘lganini ma'lum qildi.

AQSh kongressi Boeing korporatsiyasiga nisbatan e'tiborni kuchaytirmoqda. Aviakonsern boshlig‘i Dennis Myulenburg 30 oktyabrda AQSh vakillar palatasining transport bo‘yicha qo‘mitasida ko‘rsatma beradi.

Efiopiyaning Ethiopian Airlines va Indoneziyaning Lion Air aviakompaniyalariga qarashli Boeing 737 MAX samolyotlari halokatga uchraganidan so‘ng 2019 yil martda butun dunyoda bu rusumdagi samolyotlarning parvoz qilishi taqiqlangandi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top