10:16 / 22.10.2019
0
25252

AQShda qulagan mehmonxona qurilishida ishlatilgan kranlar portlatildi (video)

Foto: CreditCreditDavid Grunfeld/The Advocate, via Associated Press

AQShning Yangi Orlean shahrida qurilish kompaniyasi ikkita qurilish kranini demontaj qilish o‘rniga uni portlatishga qaror qildi. Bu haqda The New York Time nashri xabar berdi.

Kranlar yaqinda yuqori qismi qulab tushgan Hard Rock mehmonxonasi qurilishida ishlatilgan. Quruvchilar kranlarni demontaj qilish o‘rniga uni portlatib qulatishga qaror qilishgan. Bu usul arzonroq va xavfsizroq bo‘lgan. Biroq kranlar bir nechta joyidan portlatilgach, bir kranning yuqori qismi qulamay, mehmonxona binosiga tiralib qolgan. Ikkinchi kran esa to‘liq qulagan.

Ta'kidlanishicha, yaroqsiz deb topilgan mehmonxona binosini buzish ishlari bir haftadan beri olib borilmoqda. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top