17:00 / 22.10.2019
11975
Reklama

LG CordZero simsiz vertikal changyutkich – tashvishlarsiz tozalash garovi

Uyingizda sochilib ketgan junlar va sochlarni oson va tez tozalab olishni bizga qo‘yib bering!

Changyutkich eng ko‘p duch keladigan muammolardan biri tozalash cho‘tkasiga sochlar va junlar to‘planib qolishi hamda tiqilishi natijasida tortish quvvatining yo‘qolishidir. Tortuvchi qismni tozalab olish odatda ancha mashaqqatli va yoqimsiz mashg‘ulot.

LG CordZero simsiz changyutkichi sochlar va junlar to‘planib qolishining oldini oluvchi Anti-Tangle Brush™ deb nomlangan maxsus turbo-cho‘tkaga ega. Chiqitlarning o‘ralib to‘planib qolishining oldini oluvchi texnologiya havo oqimlarini o‘ziga xos boshqaruv orqali ishlaydi. Siz bunda har safar cho‘tkani tozalash tashvishidan qutulasiz va tabiiyki uyni tozalash yoqimli mashg‘ulotga aylanadi. Ayniqsa, uy hayvonlariga mehr qo‘ygan insonlar uchun bu texnika ajoyib tuhfa bo‘la oladi.

Simsiz ishlashi tufayli ish jarayonida o‘ralib qolishlardan, maydon cheklanishidan xoli bo‘lasiz, atrofdagilar esa shnurga ilinib yiqilishdan xavotirlanmay harakatlanishlari mumkin. Dual PowerPack litiy-ionli batareyalari LG CordZero changyutkichining standart rejimda 80 daqiqagacha quvvatlanishsiz ishlashini ta'minlaydi (bir akkumulyator bilan 40 minut). Maxsus LED-displey orqali siz quvvat darajasini muntazam kuzatib yurish imkoniyatiga egasiz. Demak. bu texnika sizni simni bir nuqtadan ikkinchisiga ko‘chirish tashvishidan ham qutqaradi.

Ergonomik dizayn bir harakat bilan LG CordZero simsiz vertikal changyutkichini kompakt va portativ qurilmaga aylantiradi. Dual PowerPack cho‘tkasi mavjudligi tufayli tozalash qurilmasini almashtirishga hojat qolmaydi. Cho‘tka tezlik bilan belgilangan maydondagi turli yuzalarni sifatli tozalaydi. Maxsus LED-yoritish tizimi yordamida hatto divan yoki stollar ostidagi yetib borish qiyin bo‘lgan joylarni ham tozalab chiqadi. Portativ qo‘l changyutkichi oddiy rejimda 60 minutgacha, maksimal quvvat bilan 40 minutgacha ishlaydi. Bu muddat o‘rtacha xonadonni bemalol tozalab olishga kifoya qiladi.

LG CordZero – bu harakatlar, foydalanish va saqlashdagi qulaylik!

LG mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha quyidagi manzillar bo‘yicha murojaat qiling:

  • «Fleshka» texnobozori (sobiq «Malika» fabrikasi);
  • MEDIAPARK Bozori tarmoqlari (+998 71 203 33 33);
  • «GOODZONE» do‘konlari tarmog‘i (+99871 207 03 07);
  • «Next» SKMdagi LGning rasmiy do‘koni (+99895 143 00 03).

Servis xizmatlari masalalari bo‘yicha esa, iltimos, LG xaridorlarini qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat eting: 0800 120-22-22. O‘zbekiston aholisi uchun ushbu raqam bepul. Muhim: raqamni to‘liq terish lozim.

LG Uzbekistan rasmiy sahifalarini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Facebook: fb.com/LGUzbekistan

Instagram: @LGUzbekistan

Telegram: t.me/lguzbekistan

Reklama huquqi asosida

Top