07:42 / 22.10.2019
3
60212

O‘zbekiston avtomobillar ishlab chiqarishni oshirdi

Foto: Askar Yakubov

Davlat statistika qo‘mitasi yanvar-sentabr oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi haqida ma'lumot berdi.

Xususan, yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 40,4 foizga oshgan. 2018 yilning shu davrida 132 774 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2019 yilda - 186 432 ming dona.

Yuk avtomobillarini ishlab chiqarish esa 33,2 foizga ortdi. 2018 yilda - 3 024 dona, 2019 yilda - 4 028.

Avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish 44,7 foizga oshdi. 2018 yilda 96 904 dona dvigatel chiqarilgan bo‘lsa, 2019 yilda - 140 201.

2019 yil yanvar-sentabr oylarida traktor ishlab chiqarish hajmi 1 099 donani tashkil etdi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan 59,1 foizga kamdir.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top