16:40 / 23.10.2019
1
21922

Andijon viloyatida 12 mlrd so‘mdan ziyod neft xomashyosi talon-toroj qilingan

Foto: REUTERS / Brendan McDermid

Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan “Andijonneft” aksiyadorlik jamiyati faoliyati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Uning doirasida “O‘zneftgazinspeksiya” mutaxassislari tomonidan tekshirish o‘tkazildi va qiymati 12 mlrd. 825,9 mln so‘mlik 15 287 tonna manbalar aniqlandi. 

Jamiyatning neft konlari, neftni yig‘ish, tayyorlash va topshirish sexlarida o‘tkazilgan xatlovda: 

tovar neftdan qiymati 254,5 mln. so‘mlik 310,2 tonna ortiqchalik va qiymati 22,7 mln.so‘mlik 42,4 tonna kamomad; 

sexlararo quvurlarni demontaj qilishda va neftni qayta ishlash zavodiga yuborishda quvurlar orqali neftni talon-toroj qilish yo‘li bilan qiymati 1 mlrd. 404 mln. so‘mlik 812,3 tonna tovar neft yo‘qotilganligi; 

479,6 mln. so‘mlik 795,8 tonna qazib olingan neftni hisobotlarga kiritmagan holda o‘zlashtirish;

hisobotlarni soxtalashtirish orqali 2 mlrd 583,8 mln. so‘mlik 3486,9 tonna kamomadni va 70,8 mln. so‘mlik 95,9 tonna ortiqchaliklarni yashirish;

6 mlrd 313,3 mln. so‘mlik 7 697 tonna neftni hisobotlarga qo‘shib yozish;

1 mlrd 678,9 mln. so‘mlik 2046,9 tonna neftni bajarilmagan ish hajmini ko‘rsatish hisobiga birlamchi hujjatlarsiz asossiz ravishda hisobdan chiqarish holatlari tashkil qiladi.

2019 yil iyun oyidan sentabr oyigacha bo‘lgan faoliyat davrda jami aniqlangan manbalar neftni asossiz hisobdan chiqarish, qo‘shib yozish, hisobot hujjatlarida va xatlovda kamomadlar hamda ortiqchaliklar bo‘yicha 1.838.951.734 so‘mlik 1 356,8 tonnani tashkil etdi.

Tekshiruv yakunida rasmiylashtirilgan hujjatlar Andijon viloyat prokuraturasiga topshirildi va ayni paytda tergov ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top