09:53 / 23.10.2019
0
8961

Prezidentning 5ta tashabbusi loyiha ofisi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Foto: fb.com/saida.mirziyoyeva

O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari soni yana bittaga ko‘paydi. Adliya vazirligi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5ta tashabbusi loyiha ofisi” nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Mazkur tashkilotning asosiy maqsadi yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarish, ularni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish, aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishdir.

Shuningdek, yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish hamda xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga ko‘maklashish nazarda tutilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top