19:25 / 24.10.2019
0
6341

Ar-Riyod Eronga kuchliroq bosim o‘tkazish zarur deb hisoblamoqda

«Bizningcha, yagona yo‘l – kuchli bosim», - dedi Saudiya Arabistoni xorijiy ishlar bo‘yicha davlat vaziri Odil al-Jubayr.

Saudiya Arabistoni Eron bilan muloqot o‘rniga unga nisbatan kuchliroq bosim o‘tkazish niyatida, dedi qirollikning xorijiy ishlar bo‘yicha davlat vaziri Odil al-Jubayr Liberation nashriga bergan intervyusida.

"Yevropalik hamkorlarimiz bizning Eronga yadro quroliga ega bo‘lish yoki ballistik dastur ishlab chiqarishga yo‘l qo‘ymasligimiz kerakligini juda yaxshi bilishadi. Bizda bu borada kelishmovchilik yo‘q. Ammo hamma gap bunga  qanday erishishda: kuchli bosim bilanmi yoki muloqot bilan? Yevropa bilan shu masalada bahslashmoqdamiz. Bizningcha, yagona yo‘l – kuchli bosim", - dedi al-Jubayr.

U shuningdek, Saudiya Arabistoni poytaxtida Fors ko‘rfazi mamlakatlari, AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya va qator arab davlatlari bosh shtablari rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tganini eslatdi. 

"Eronga aytadiganimiz aniq: dunyo bunday harakatlarga yo‘l qo‘ymaydi. Neft zavodlariga qilingan hujum Saudiya Arabistoniga emas, butun dunyoga qarshi qaratilgan hujumdir",- deb qo‘shib qo‘ydi al-Jubayr.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top