22:06 / 25.10.2019
0
6957

Erdo‘g‘an Le Point jurnali ustidan prokuraturaga shikoyat qildi

Foto: REUTERS

Advokatning bildirishicha, tahririyatdagilar Turkiya prezidentining sha'ni va qadr-qimmatini tahqirlagan va u ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishini talab qilgan.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqara prokuraturasiga Fransiyaning Le Point jurnali, jurnalist Eten Jyernell va xalqaro bo‘lim muharriri Roman Gyuber ustidan shikoyat yo‘lladi. 

Uning fikricha, jurnal izohlar yozilgan uning portretini joylashtirib Erdo‘g‘anni haqorat qilgan. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.

Turkiyada prezidentni haqorat qilganlik uchun jinoiy javobgarlik ko‘zda tutilgan. Erdo‘g‘anning advokati Husayn Aydin prokuraturaga 11 sahifadan iborat shikoyat yo‘lladi.

Shikoyatda qayd etilishicha, fransuzlar foydalangan iboralarni fikr erkinligi bilan oqlab bo‘lmaydi. 

Uning bildirishicha, tahririyatdagilar prezidentning sha'ni va qadr-qimmatini tahqirlagan va u ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishini talab qilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top