15:00 / 25.10.2019
0
16378
Reklama

Ice City – Toshkentga tashrif uchun «muzdekkina» asos!

Yana nimalarni ko‘rganimizni bilasizmi?... Sayohatchining nomoddiy obektlar haqidagi hikoyasi davom etadi. Ular tasavvurimizdagi sayohat tushunchasiga u qadar mos kelmasligi ham mumkin. Masalan, qator tizilgan chiroqlar yorug‘ida erkalanib yog‘ayotgan qor yoki Jan-Klod Van Damm sharafiga o‘rnatilgan yodgorlik, yomg‘irdan namlanib yaltirayotgan ko‘prik usti yo‘li, qirg‘oqqa urilayotgan to‘lqinlar, mushuklar yoki o‘z mahoratiga mahliyo ko‘cha raqqosi. Aynan ular xaritadagi joylarga hayotiylik bag‘ishlaydi va haqiqiy shahar hayotini namoyish etadi.

Shimoliy Italiyadan tashrif buyurgan sayyohlar Ice City haqida xabar topishgani zamon sayohat rejasiga kiritishdi. Kutilmagan joylardagi g‘aroyib obektlarga qiziquvchi odamlar hamjamiyati Vikinglarning muz shahrini ajoyibotlar olamidek qabul qilishdi. Axir serquyosh O‘rta Osiyoning yuragida joylashgan «qor mamlakati» nafaqat ajoyib, balki hayratlanishga ham arziydi.

O‘zbekistondagi Ice City majmuasini Qirg‘iziston, Tojikiston va Rossiyadan kelgan «qo‘shnilarimiz» allaqachon yaxshi ko‘rib qolishgan – kelishganda, albatta, soatlab chang‘i uchishadi, qorli tepaliklardan sirpanishadi. Endi hududimizdagi ko‘ngilochar bog‘imizni birinchi marta yevropalik mehmonlar ham yo‘qlab qolishdi.

Ice City’ga kelgandan keyingina mamlakatimizga qiziqish uyg‘ondi, «iston» qo‘shimchasi bilan tugaydigan bir necha respublika borligi, Samarqand, Buxoro va Xiva aynan shu yerda ekanligidan hayratlanishdi. Shunday qilib, Ice City yevropalik sayyohlar va O‘zbekiston o‘rtasida o‘ziga xos yo‘lboshlovchi vazifasini ham o‘tadi.

Yevropaliklarni ekzotik mamlakatlarga yuborishga ixtisoslashgan Brevivet kompaniyasi O‘zbekistonga tashrif buyurish uchun Shimoliy Italiya fuqarolaridan iborat katta guruh to‘pladi. Bu – ushbu kompaniya tomonidan bizning yurtimizga tashkil etilgan ilk sarguzasht bo‘ldi. Tabiiyki, ular avval Tashqi ishlar vazirligi hamda O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasi orqali ma'lumot to‘plashgan. Va, albatta, ularga yurtimizning tinch va osuda, xalqi esa mehmondo‘st ekanini ma'lum qilishgan. Signore e signori, benvenuti!

Biroq ularning hech biri o‘zbekistonliklarning bu qadar mehmondo‘st, ochiqko‘ngil va yordamga shay ekanini tasavvur ham qilishmagan edi. Italyanlarni bizning tabassumimiz ham, tariximiz ham, ovqatlarimiz ham qoyil qoldirdi. Ice Sity majmuasida ham bolalardek zavqlanishdi, o‘ynab-quvnashdi. Hatto, muz shahrini safar so‘ngiga «desert» sifatida qoldirishganiga ham afsus qilishdi, axir bu yerda hamma ko‘proq qolishni istaydi!

Ice City – O‘zbekistonga tashrif buyuradigan barcha sayyohlarning dasturidan joy egallagan ko‘ngilochar sayohat markazlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekistonni obdon aylangach, muz olamiga kelish – bu, xuddi, ajoyib kafeda lazzatli taomdan keyin muzqaymoq tanovul qilishdek gap. Kunning go‘zal yakuni.

Mamlakatning turistik salohiyatiga mas'ul amaldorlar ham buni yaxshi anglashadi. Jahondagi muz saroylari bilan taqqoslaganda bizning muz shahrimizga tashrif buyurish narxi 5 barobar arzonligini ham inobatga olish kerak. Ice City narxga emas, mehmonlar ko‘nglini olishga ko‘proq ahamiyat beradi.

Muz ustida tomoshani tasavvur qiling. Oddiy tomosha emas, folklor shou. O‘zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar o‘zlari bilan, albatta, yurtimiz madaniyatining ajralmas qismi bo‘lgan – raqs, qo‘shiq ham cholg‘u asboblarimizdan olgan taassurotlarini o‘z xotiralariga joylab ketadilar.

Ice City etno-shou rejalashtirmoqda. Ayni damda mohir figurist-sportchilarimiz g‘aroyib dastur – muz ustida lazgi, Andijon polkasi, lagan raqsi, kurash kabi milliy san'at namunalarimiz ijrosiga tayyorlanmoqda. Mana shunday qilib, muzni bo‘ysundira olgan janubiy respublika tarixiy an'analarini namoyish etadi. Zamonaviy, sport bilan uyg‘unlikda, mohirona va ajoyib tarzda!

Ushbu shou – sayyohlarni jalb etuvchi go‘zal Toshkentning zamonaviy an'analaridan biriga aylanishi aniq.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasi, Sizga ulkan minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz. Sizning iliq fikrlaringiz yevropalik sayohatchilarni mamlakatimizga tashrif buyurish haqidagi xohishini mustahkamladi. Va ular o‘z tashriflaridan xursand bo‘ldilar.

Ice City muz shahri bilan hamkorlik qilish istagidagi barcha elchixonalar bilan hamkorlikka doim tayyor. Qulaylik uchun turli hajmdagi guruhlarga mo‘ljallangan maxsus dasturlar taklif etiladi. Mehmonlarni syurpriz va komplimentlar kutmoqda. Eng muhimi, Ice City Shimoliy Italiya va Yevropadan sayyohlarni jalb etish uchun «Brevivet» sayyohlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolash arafasida turibdi.

Va, albatta, Ice City mahalliy aholi va shahrimiz mehmonlarini ham o‘z shou-dasturlariga taklif etib qoladi. Sizni ko‘rishdan doim mamnunmiz!

Manzil: Toshkent shahri, Bobur ko‘chasi, 6

Mo‘ljal: Next savdo-ko‘ngilochar markazi ichki hovlisi

Telefon: (+998) 71-209-00-77

Sayt: icecity.uz

Facebook: fb.com/icecitytashkent

Instagram: @ice_city_tashkent

Telegram: t.me/icecity

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top