23:35 / 29.10.2019
0
4216

Kamerunda ko‘chki vaqtida 22 kishi halok bo‘ldi 

Kamerunning G‘arbiy regionida kuchli yomg‘irlar sababli yuz bergan ko‘chki oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi, 34 kishi bedarak yo‘qoldi.

Bu haqda Actu Cameroun mahalliy nashri xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, ko‘chki regionning ma'muriy markazi - Bafusam shahridagi dahalardan birida sodir bo‘lgan.

Voqea joyida qidiruv-qutqaruv amaliyoti olib borilmoqda. Qurbonlar soni oshishi mumkin.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top