11:08 / 29.10.2019
2
29529

Surxondaryoda haydovchi Lacetti'da YHXB xodimini 10 metr masofaga sudrab ketib, tan jarohati yetkazdi

Foto: Fotolia / rosasto

Surxondaryo viloyatida fuqaro hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov bayonot berdi.

2019 yil 28 oktabr kuni soat 15:00larda fuqaro O‘.I. (1984 yilda tug‘ilgan) Surxondaryo viloyati, Uzun tumani, Ulankul mahallasida xizmat vazifasini o‘tayotgan viloyat IIB YHXB xodimi B.M.ning (1988 yilda tug‘ilgan, tizimda 2008 yildan) qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan boshqaruvidagi "Lacetti" rusumli avtomashinasida uni 10 metr masofaga sudrab ketib, tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro O‘.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksi 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Bayonotda aytilishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top