10:30 / 29.10.2019
0
6032

Televizorlarni yashirin yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinish fosh etildi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Tovar moddiy boyliklarini mamlakatimizga yashirin yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxonachilar tomonidan samarali kurash olib borilmoqda.

Xususan, Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida yana bir bojxona qonunbuzilishi holatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Do‘stlik tumanida fuqaro Ya.Sh. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtotransporti tezkor kuzatuvga olinib to‘xtatildi va belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazildi.

Natijada, avtomashinada fuqaro S.A.ga tegishli bo‘lgan va hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 56,4 million so‘mlik 47 dona televizorlar borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top