17:40 / 30.10.2019
0
3775

2019 yil boshidan buyon 173 ming fuqaro xorijga vaqtincha ishlash uchun rasman yuborildi

Foto: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

2019 yilning 9 oyi davomida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va xususiy bandlik agentliklari 173 ming fuqaroni xorijga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborishga ko‘maklashgan.

Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 38 foizga oshgan. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, muhojirlikka mehnatga ketayotgan fuqarolarga kasbiy malakani berish bo‘yicha bugungi kunda respublikada 11ta markaz faoliyat yuritmoqda.

«Shundan 2tasi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tasarrufida, 9tasi xususiy bandlik agentliklarida. Bu markazlarda bugungi kungacha 5 mingga yaqin fuqarolarimiz chet elga ketishdan oldin ko‘nikmalarga moslashtirildi», – dedi Husanov chorshanba kuni Senat qo‘mitasi majlisida.

Mehnat vaziri o‘z axborotida Janubiy Koreyaning Kvanju va Rossiyaning Moskva shaharlarida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonalari ochilganiga ham to‘xtalib o‘tdi.

«Bu ikki vakolatxona tomonidan bugungi kungacha 17,5 ming fuqaroning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatildi. Bugungi kungacha 355 ming AQSh dollari miqdoridagi to‘lanmagan oylik ish haqlari undirib berildi», – deb ma'lum qildi Nozim Husanov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 30ta xususiy bandlik agentligi birorta ham fuqaroni xorijga ishga yubormagani ma'lum bo‘lgan edi.

Mavzuga oid:
«Human xususiy bandlik agentligi» MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishining yangi tafsilotlari oshkor qilindi 

«Ishonuvchanligim pand berdi» — Yana bir xususiy bandlik agentligi yuzlab odamlarni chuv tushirdi

Koreyaga jo‘natishni va'da qilgan firma bo‘yicha tergov tafsilotlari: yuzlab fuqaroning milliardlab mablag‘i ishlatib yuborilgan

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top