12:12 / 30.10.2019
0
14512

Rossiya aviakompaniyasining Tojikistonga uchgan samolyoti Toshkentga qo‘nishga majbur bo‘ldi

Foto: Flickr / Anna Zvereva

Rossiyaning «Uralskiye avialinii» aviakompaniyasiga tegishli A-321 samolyoti Toshkentga qo‘nishga majbur bo‘ldi. 

«RIA Novosti»ning O‘zbekiston poytaxti aeroporti vakiliga tayanib xabar berishicha, layner Moskva shahridan Tojikistonning Ko‘lob shahriga parvoz qilayotgan bo‘lgan, biroq Tojikistondagi aeroportda kuchli tuman kuzatilgan.

«Uralskiye avialinii» aviakompaniyasining Moskva-Ko‘lob yo‘nalishida parvoz qilgan borti soat 8:11da (Moskva vaqti bilan 6:11) Toshkentga qo‘nishga majbur bo‘ldi. Buning sababi - Tojikiston aeroportidagi tuman», - degan aeroport vakili. Samolyot Moskva vaqti bilan soat 5:20da Ko‘lobga qo‘nishi kerak edi.

Ayni paytda samolyot zaxira yo‘lagiga olib o‘tilgan va parvozga ko‘tarilishni kutmoqda, yo‘lovchilar bortni tark etishmagan, deya qo‘shimcha qildi agentlik suhbatdoshi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top