02:48 / 31.10.2019
0
10901

Angliya Liga Kubogi. «Enfild»da 10ta gol urildi, penaltilar seriyasida «Liverpul» g‘olib chiqdi

Foto: AP

Angliya Liga Kubogining 1/8 finalida «Liverpul» o‘z maydonida «Arsenal»ni qabul qildi. Murosasiz kechgan bahsda jamoalar 5tadan to‘p kiritishdi. Maydon egalari o‘yin davomida bir necha bor kambek qilishdi va yakunda ham penaltilar seriyasida g‘alaba qozonishdi.

Endilikda «Liverpul» o‘z yurishini chorak finalda davom ettiradi, «Arsenal» esa turnirni tark etdi.

Nimchorak finalidan o‘rin olgan markaziy bahslarning yana birida «Chelsi» o‘z maydonida «Manchester Yunayted»ni qabul qildi va mag‘lubiyatga uchradi. Mehmonlardan Markus Reshfordning dubliga londonliklardan Mishi Batshuayi yagona gol bilan javob berdi.

Liga Kubogi, 1/8 final

Liverpul – Arsenal 5:5 Pen: 5:4

30 oktabr, «Enfild»
Gollar: Mustafi (6, avtogol), Milner (43, penalti), Chemberlen (58), Origi (62, 90+4) – Torrreyra (19), Martinelli (26, 36), Meytlend-Naylz (54), Uillok (70).
Liverpul: Kellexer, Elliot, Gomes, van der Berg, Oksleyd-Chemberlen (Chirivelya, 81), Uilyams, Lallana, Milner, Keyta (Djons, 55), Origi, Bryuster. 
Arsenal: Martines, Mustafi, Belerin, Xolding, Meytlend-Naylz, Torreyra (Sebalos, 72), Uillok, Martinelli, O‘zil (Genduzi, 65), Kolashinats (Tirni, 83), Saka.
Ogohlantirishlar: Bryuster (24), Lallana (44), Uillok (64), Kolashinats (77), Saka (85).

Chelsi – MYu 1:2

30 oktabr, «Stemford Brij»
Gollar: Batshuayi (61) – Reshford (25 penalti, 73). 
Chelsi: Kabalero, Alonso, Gei, Jyeyms, Zuma, Gilmor (Pedro, 70), Kovachich, Pulishich (Maunt, 70), Jorjino, Hadson-Odoi, Batshuayi (Abraham, 78).
Manchester Yunayted: Romero, Uilyams, Maguayr, Lindelyof (Marsyal, 66), Uan-Bissaka, Jyeyms, Maktomini, Lingard (Pereyra, 67), Fred, Roxo, Reshford (Yang, 80).
Ogohlantirishlar: Maktominay (11), Batshuayi (18), Fred (83).

Aston Villa – Vulverhempton 2:1
Gollar: El-G‘ozi (28), El-Muhammadi (57) – Kutrone (54).

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top