03:09 / 31.10.2019
0
9011

Mo‘g‘ulistonda iqtisodiy jinoyatlar bilan shug‘ullangan 500 ga yaqin xitoylik qo‘lga olindi

Mo‘g‘ulistonda huquq-tartibot idoralari katta ko‘lamli maxsus amaliyot davomida 500 ga yaqin xitoylikni qo‘lga oldi.

“Mo‘g‘uliston bugun” nashri ma'lumotlariga ko‘ra, xitoyliklar 4 ta mehmonxonada qo‘lga olingan. Ular orasida Hongkong fuqarolari ham bo‘lgan.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, amaliyot davomida pul yuvish bilan bog‘liq iqtisodiy jinoyatlar ko‘lami tergov qilinmoqda. Qo‘lga olingan Xitoy va Hongkong fuqarolari mingta kuchli kompyuter va Mo‘g‘ulistondagi mobil telefonlarning 10 mingga yaqin sim-kartasidan foydalangan. 

“Qo‘lga olishlar kiberjinoyatchilik bilan bog‘langan, ish hozirda mamlakat prokurori nazoratiga olingan”, deb ma'lum qilingan Mo‘g‘uliston hukumatida.

Xitoyning xorijdan turib harakat qiluvchi to‘dalari tomonidan internetda firibgarlik qilish Janubi-Sharqiy Osiyoda keng tarqalgan.

Jumladan, 2018 yil noyabrda Kamboja politsiyasi Xitoyda internetda firibgarlik qilishda ayblangan 200 dan ko‘proq xitoylikni hibsga olgan. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top