07:42 / 31.10.2019
0
3964

Twitter’da siyosiy reklama taqiqlandi 

Foto: Getty Images

Twitter ijtimoiy tarmog‘ida barcha siyosiy reklamani taqiqlashga qaror qilindi. Bu haqda ijtimoiy tarmoq asoschisi Jyek Dorsi ma'lum qildi. 

“Biz butun dunyo bo‘ylab Twitter’da barcha siyosiy reklamani to‘xtatishga qaror qildik”, deb aytgan Dorsi.

Uning ta'kidlashicha, internet-reklama tijorat yo‘nalishida reklama beruvchilar uchun kuchli va samarali vositadir, biroq siyosat uchun xavf soladi, chunki saylovchilarga ta'sir qilish uchun qo‘llanishi mumkin. Bu esa millionlab odamlarning hayotiga ta'sir qiladi. Dorsining aytishicha, siyosiy g‘oyalar obunalar va retvitlarni sotib olishi kerak emas, balki ularga erishmog‘i lozim. “Biz ko‘plab jamoatchilik harakatlari siyosiy reklamasiz ham katta ko‘lamlarga erishganini ko‘rganmiz”, deb qo‘shimcha qilgan ijtimoiy tarmoq asoschisi.

Avvalroq Twitter Kanadada parlament saylovlari yakunlangunga qadar siyosiy reklamani joylashtirishni taqiqlagandi. 

Ijtimoiy tarmoqning yangi siyosati 22 noyabrdan qo‘llana boshlanadi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top