12:20 / 01.11.2019
1
20370

IIV sababsiz avtomobil signalini chalgan qancha haydovchiga ma'muriy chora ko‘rilganini ma'lum qildi

Shohrux G‘iyoso / Foto: IIV axborot xizmati

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining anjumanlar zalida “Yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash tizimida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Matbuot anjumanida Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi, polkovnik Shohrux G‘iyosov, vazirlik Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi rahbariyati va boshqa mas'ul xodimlari, shuningdek, respublika va xorijiy OAV vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda ma'lum qilinishicha, kunning tig‘iz avtoulov signalini haydovchilar tomonidan sababsiz chalinishi bo‘yicha holatlar doimiy ravishda nazorat qilib kelinmoqda. 

Bildirilishicha, bu ish samaradorligini oshirish maqsadida targ‘ibot ishlari kuchaytirilmoqda. Joylarda signal chalishning zararli oqibatlari aks ettirilgan eslatma va bukletlar, bannerlar chiqarilib avtomobil yo‘llarining ko‘rinarli joylariga o‘rnatilyapti. 

Tadbirda ma'lum qilinishicha, 2019 yilning o‘tgan 9 oyi davomida sababsiz avtomashina signalini chalgan 15 mingdan ortiq haydovchiga nisbatan ma'muriy tartibda chora ko‘rilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top