14:56 / 02.11.2019
1
10040

Erkinjon Turdimov: «Hisobotlarda «hammasi zo‘r» deyilgan maktablarning 80tasi qishga tayyor emas»

Foto: KUN.UZ

Samarqand viloyati hokimi ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari bo‘yicha ma'lumot berildi. 

Jumladan, viloyat rahbari umumta'lim maktablaridagi ahvolga to‘xtalib o‘tdi.

- Maktab direktorlari muassasa qishga tayyor qabilida ma'lumot topshirmoqda. Ammo xuddi shu masalani o‘rganish uchun o‘zimiz komissiya tuzib o‘rganib chiqqanimizda, viloyat bo‘yicha 80ta maktab qishga tayyor emasligiga guvoh bo‘ldik. Bilishimiz kerak - maktab direktori isitishga javobgar emas, ta'limga javobgar. Nima uchun ijro hokimiyati bor? Shu masalalarni aytish kerak. Tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bor, viloyat hokimi o‘rinbosari bor. Qolaversa, mening shaxsiy telegram messenjerimga ham murojaat yo‘llashlari mumkin-ku, - deydi viloyat hokimi.

Bugungi kunda Samarqandda 1236ta umumta'lim maktabi bo‘lib, shu yil mazkur muassasalarning 306tasiga qozonxonalar o‘rnatilgan. Jami 11 mingdan ziyod batareyalar yetkazib berilgan. Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun sohaga 42 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.

Majlisda viloyat rahbari eng og‘ir muammolar bo‘yicha qator maktablarda isitish tizimi yo‘qligi yoki nosozligi, o‘tgan asrda qurilgan hojatxonalar kabilarni sanab o‘tarkan, bu boradagi eng ko‘p holat Urgut, Nurobod, Qo‘shrabot tumanlarida uchrayotganini ma'lum qildi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top