01:23 / 02.11.2019
0
5755

Pompeo Iroq hukumatini namoyishchilar talabiga quloq solishga chaqirdi

Foto: RIA "Novosti"

Namoyishchilar hukumatning iste'fosini, korrupsiya, ishsizlikka qarshi kurashish, turmush sharoitlari yaxshilanishini talab qilmoqda.

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Iroq hukumatini namoyishchilar fikriga quloq solishga chaqirdi.

"AQSh Iroq hukumatining jamiyatdagi muammolarni hal qilish bo‘yicha har qanday jiddiy harakatini qo‘llab-quvvatlaydi. Iroq hukumati o‘z ovozlari eshitilishi uchun ko‘chalarga chiqqan iroqliklarning qonuniy talablariga quloq solishi kerak", - deyiladi Pompeoning bayonotida.

Uning so‘zlariga ko‘ra. AQSh vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. U barcha tomonlarni zo‘ravonliklardan tiyilishga, hukumatni esa oktabr oyida namoyishchilarning halok bo‘lganligi holatini chuqur tekshirishga va OAVga qo‘yilgan cheklovlarni yumshatishga chaqirdi.

Avvalroq 25 va 30 oktabr oralig‘ida Iroqdagi namoyishlar vaqtida 100 kishi halok bo‘lgani, 5,5 ming kishi jarohatlangani xabar qilingandi.

Namoyishchilar hukumatning iste'fosini, korrupsiya, ishsizlikka qarshi kurashish, turmush sharoitlari yaxshilanishini talab qilmoqda.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top