12:07 / 02.11.2019
0
11342

ShHT hukumat rahbarlari uchrashuvida yakuniy hujjatlar imzolandi

Foto: RIA Novosti / Aleksandr Astafev

Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar hukumat rahbarlarining uchrashuvi yakuniga ko‘ra qator xalqaro hujjatlar imzolandi.

Delegatsiya rahbarlari Kengash yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra ShHT a'zo davlatlarining 2035 yilgacha davrga mo‘ljallangan ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy dasturi yangi tahriri, ShHTning oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha dasturini amalga oshirish rejasi va temir yo‘l ma'muriyatlarining o‘zaro hamkorlik konsepsiyasini imzolashdi. Jami 14 ta turli hujjatlarga imzo chekildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov barcha ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi va tadbirni yakunladi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top