15:50 / 03.11.2019
0
6702

Xitoy orbitaga 3ta sun'iy yo‘ldosh chiqardi 

Foto: TASS/Zuma/Xinhua

Xitoy 3 noyabrda "Chanchjen-4B" raketa-tashuvchisi yordamida orbitaga 3ta sun'iy yo‘ldosh olib chiqdi, deb xabar berdi Xitoy koinot fan va texnikasi korporatsiyasi (CASC).

Parvoz Shansi viloyatidagi Tayyuan kosmodromidan mahalliy vaqt bilan soat 11-22da amalga oshirildi. Birozdan so‘ng uchala yo‘ldosh ham belgilangan orbitaga chiqqan.

Bu safar xitoy raketasi orbitaga 3 xil loyiha yo‘ldoshlarini: "Gaofen-7", Sudan uchun ilmiy-tadqiqot hamda "Tyani-15" sun'iy yo‘ldoshlarini chiqardi. Ularning barchasi Yerni masofadan turib zondlash uchun ishlatiladi. 

"Chanchjen" oilasiga mansub raketalar uchun bu 316-parvoz bo‘ldi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top