20:20 / 03.11.2019
0
16021

Yaponiya bosh vaziri samolyotida yong‘in yuz berdi

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening Tailandga parvozi vaqtida samolyot bortida kichik yong‘in yuz berdi. Yong‘in xodimlar ovqat tayyorlaydigan xonada chiqqan, deb xabar berdi Kyodo axborot agentligi.

Yong‘in o‘z vaqtida bartaraf etilgan, hech kim jabrlanmagan.

Abe Boeing 777-300ER samolyotida parvoz qiladi. Samolyot aprelda Boeing 747 o‘rniga ishlatila boshlangan. 

Yaponiya bosh vaziri Tailandda Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi tadbirlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top