01:58 / 04.11.2019
0
13502

«Bavariya» bosh murabbiyi iste'foga chiqarildi

Niko Kovach «Bavariya» bosh murabbiyi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda klub rasmiy saytida ma'lum qilindi. 

Klub bosh murabbiy bilan o‘zaro kelishgan holda shartnomani bekor qildi.

Myunxenliklar Bundesliganing 10-turida Kovachning sobiq jamoasi «Ayntraxt»dan 1:5 hisobida mag‘lub bo‘lgach, klub rahbariyati murabbiyni iste'foga chiqarishga qaror qilgan.

«Bavariya»ni Chempionlar ligasidagi «Olimpiakos»ga qarshi va Bundesligadagi «Borussiya» Dortmundga qarshi o‘yinlarga Kovachning yordamchisi Xans Flik tayyorlaydi. 

Bundesligada 10-turdan so‘ng «Bavariya» 18 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turibdi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top