16:25 / 04.11.2019
0
16173

Iroqda Eron konsulxonasiga hujum qilindi, 5 kishi halok bo‘ldi

Foto: REUTERS / Khalid al-Mousily

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, namoyishchilar konsullik eshiklarini yoqib yuborishgan, so‘ngra diplomatik missiyaning xavfsizlik xizmati xodimlari bilan to‘qnashuvlar boshlangan.

Iroqning Karbalo shahrida namoyishchilarning Eron konsulligi binosiga hujum qilishi chog‘ida besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Shafaq agentligi xabar berdi.

"Namoyishni tarqatish va Karbalodagi Eron konsulligiga hujum vaqtida besh kishi halok bo‘ldi, bir necha kishi jarohatlandi", - deb xabar qildi agentlik o‘z manbalariga tayanib.

O‘z navbatida, inson huquqlari bo‘yicha oliy komissiya uch namoyishchi halok bo‘lganini xabar qildi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, namoyishchilar konsullik eshiklarini yoqib yuborishgan, so‘ngra diplomatik missiyaning xavfsizlik xizmati xodimlari bilan to‘qnashuvlar boshlangan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top