08:12 / 04.11.2019
0
18983

Qozog‘istonda o‘zbekistonliklar ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Illyustrativ foto

O‘zbekistonning Aqtau shahridagi (Qozog‘iston) Bosh konsulxonasi ma'lumotiga ko‘ra, 2019 yil 2 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:20da Mang‘istau viloyati hududidagi Tajyen–Beyneu avtomobil trassasida O‘zbekiston fuqarosi J.J. boshqaruvi ostidagi avtomobil halokatga uchradi. 

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi natijasida O‘zbekiston fuqarosi Sh.X. vafot etdi.

Haydovchi va boshqa 5 nafar vatandoshimiz yengil jarohatlar olgan va davolanishga muhtoj emas.

Beyneu tumani Ishki ishlar bo‘linmasi yo‘l-transport hodisasi yuzasidan tergov ishlarini olib bormoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va Qozog‘istonning tegishli idoralari bilan tezkor aloqa o‘rnatgan.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning qarindoshlari va do‘stlariga ta'ziya izhor etgan va Qozog‘istonning Aqto‘be, Atirau, Mang‘istau va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatning Aqtau shahridagi Bosh konsulligiga +7-29-277-71-17 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top