17:28 / 04.11.2019
0
5547
Reklama

REDTAG va FLO Samarqanddagi xalqaro xayriya yarim marafonida homiy hamda ishtirokchi sifatida qatnashdi

REDTAG kiyim-kechaklar do‘koni va FLO multibrend poyabzallar do‘koni tarmog‘i 1-3 noyabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilgan «Samarkand Half Marathon» musobaqasida homiy va ishtirokchi sifatida qatnashdi.

Yarim marafondan ko‘zlangan asosiy maqsad madaniyat va san'at obektlarida inklyuzivlik muammosiga jamoatchilik e'tiborini qaratish, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish va O‘zbekistonda sport turizmini rivojlantirishdan iborat edi. Birlashgan Arab Amirliklarining REDTAG kiyim-kechaklar do‘koni va Turkiyaning FLO multibrend poyabzallar do‘koni jamoasi ham ushbu maqsad yo‘lida o‘z hissalarini qo‘shishga qaror qildi.

Yarim marafon yo‘lagi Samarqand shahrining markaziy ko‘chalaridan o‘tdi. Poygaga Registon maydonining yonida start berilib, finishi chizig‘i ham xuddi shu yerdan kesib o‘tildi. Yugurishning yo‘nalishi bo‘yicha ishtirokchilar shaharning jahonga mashhur diqqatga sazovor joylari, jumladan, Mirzo Ulug‘bek madrasasi, Sherdor madrasasi, Tilla-Qori madrasasi, Ruhobod maqbarasi, Go‘ri Amir maqbarasi, Afrosiyob shaharcasi, Hazrati Xizr maqbarasi, Xo‘ja Doniyor maqbarasi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Shohi-Zinda ansambli, Siyob bozori, Bibi Xonim masjidlarini ko‘rishga muvaffaq bo‘lishdi.

REDTAG va FLO vakillari ham aynan shu nuqtalarning o‘zlari uchun ajratilgan hududlarida sportchilar va havaskor ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlab turish bilan birgalikda 2, 10 va 21 km masofada jami 20 kishi yugurishdi. Bundan tashqari, kompaniya tomonidan mehmonlar va tashrif buyuruvchilar uchun maxsus fotohudud tashkil etildi.

Marafondan tushgan mablag‘lar Toshkent teatrlaridan birida ko‘r va ko‘zi ojiz insonlar uchun qulay muhit yaratish bo‘yicha eksperimental loyihani amalga oshirishga yo‘naltiriladi. Ushbu dastur tifloizohlash (audiodeskripsiya) yordamida tomoshani teatr sahnasida namoyish etilishini o‘z ichiga oladi. Buning uchun zarur uskunalarning xaridi, shuningdek, mutaxassislar o‘qitilishi tashkil etiladi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top