Jarohatlanganlarning uch nafari Hindiston harbiy politsiyasi xizmatchilari bo‘lgan.
Jammu va Kashmir ittifoqdosh hududi poytaxti Srinagar shahrida portlash sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Reuters agentligi.
Agentlikning ma'lumot berishicha, portlash oqibatida 45 kishi jarohatlangan, bir kishi halok bo‘lgan.
Jarohatlanganlarning uch nafari Hindiston harbiy politsiyasi xizmatchilari bo‘lgan.
Xabarda aytilishicha, jarohatlanganlar kasalxonaga joylashtirilgan, ulardan birining ahvoli o‘ta og‘ir deb baholanmoqda.