10:33 / 04.11.2019
0
14921

Rossiya bir yil ichida Venesuelaga 315 mln dollar naqd pul jo‘natgan - Bloomberg

Foto: Loureiro Fernandez/Bloomberg

Rossiya 2018 yil may oyidan 2019 yil apreligacha Venesuelaga 315 mln dollar naqd pul jo‘natgan. Bu haqda manbalarga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi. Pullar dollar va yevroda 6 ta aviareys bilan jo‘natilgan va Bandes bankiga tushgan.  

Ta'kidlanishicha, valutani “Yevrofinans Mosnarbank” Rossiya-Venesuela banki va “Gazprombank” jo‘natgan. Ma'lum qilinishicha, bu pullar Venesuela xorijda saqlagan valuta hamda neft va oltin uchun to‘lov yoki “Yevrofinans Mosnarbank” dividendlari bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Bloomberg ma'lumotlariga ko‘ra, 2018 yil may va iyulida 55 mln dollardan 2 ta reys, 2019 yil yanvarida “Gazprombank”dan yana 2 ta reys (50 mln va 113 mln dollar) amalga oshirilgan. Aprelda “Yevrofinans Mosnarbank”ning 97 mln dollar pul yetkazgan yana 2 ta reysi qayd qilingan.  

Venesuela hukumatidagi manba Karakas “Yevrofinans Mosnarbank” bilan bog‘liq pullarni olganini ma'lum qilgan. Boshqa tafsilotlar oshkor qilinmagan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top