15:52 / 06.11.2019
0
5591

«ERIELL Group»: «O‘zbekneftegaz» AJ bilan birgalikda «Qo‘shimcha» konida yangi quduq qurilishi yakunlandi

Foto: ERIELL Group

«ERIELL Group» kompaniyasi Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida joylashgan Qo‘shimcha konidagi kuniga 270 ming kub.m. tabiiy gaz qazib olinadigan 8-quduqda qurilish ishlarini yakunladi.

«ERIELL Group» mutaxassislari ushbu quduqni qurishda muvaffaqiyatli ishlatilgan «K-STAB DF» burg‘ilash suyuqlik tizimini amaliyotga tatbiq etishdi. Mazkur suyuqlik kompaniyaning 2017-2025 yillarda ilmiy-texnologiya taraqqiyotining bir qismi sifatida «ERIELL Group» ilmiy tadqiqot laboratoriyasida ishlab chiqilgan. Shuni qayd etib o‘tish kerakki, ushbu burg‘ilash suyuqligi burg‘ilashda yuqori samara berdi va tarkibiga ko‘ra G‘arbning yetakchi kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan «Baker Hughes» va «Halliburton» burg‘ilash suyuqliklaridan qolishmaydi.

O‘zbekistonda uglevodorod ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

«ERIELL Group» kompaniyasi «2017-2021 yillarda uglevodorod xomashyosini qazib olishni oshirish dasturi»ni amalga oshirish bo‘yicha faol ishlamoqda. Ushbu loyiha O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 9 martdagi «2017-2021 yillarda uglevodorod xomashyosini qazib olishni oshirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida» gi PQ-2822-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.

«ERIELL Group» kompaniyasi Matbuot xizmati

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top