11:49 / 06.11.2019
1
10900

«O‘zneftgazinspeksiya»: «Qarshi neft bazasi» bo‘yicha hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi

Foto: KUN.UZ

“O‘zneftgazinspeksiya” mutaxassislari tomonidan “Qarshi neft bazasi” jamiyati va unga qarashli filiallarning neft mahsulotlari sig‘imlaridagi mahsulotning haqiqiy qoldig‘i bilan hisobxona qoldig‘i taqqoslandi.

Joriy yilning oktabr oyida o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida sifat tahlili uchun namunalar olinganda jami 11 mlrd 535 mln so‘mlik manbalar aniqlandi.

Jumladan, 220,3 mln so‘mlik 38,4 tonna kamomad, 50,9 mln so‘mlik 5,7 tonna ortiqchalik hamda 160,1 mln so‘mlik 26,4 tonna asossiz hisobdan chiqarish, 514,6 mln so‘mlik 97 703 litr mahsulot sifati buzilganligi hamda 7 mlrd 512 mln so‘mlik 3850 tonna neft mahsulotlarni “O‘zbekneftegaz” ruxsatisiz AYoQShlarga imtiyozli narxlarda tarqatish holatlari aniqlandi.

Bundan tashqari, jamiyatga qarashli sig‘imlarda saqlanayotgan neft mahsulotlarining sifatini aniqlash uchun namunalar olinib, “O‘zneftegazinspeksiya”ning Toshkent nazorat-kimyo laboratoriyasiga topshirildi. Sifat tahlili natijasida jami 514,6 mln so‘mlik 97 703 litr neft mahsulotlari sifati buzilganligi aniqlandi.

Nazorat va tahlil natijalari bo‘yicha rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top