10:09 / 07.11.2019
0
6519

Collins izohli lug‘ati yil so‘zini ma'lum qildi 

Foto: Mark Thomas/Rex/Shutterstock

Ingliz tilining izohli lug‘ati Collins English Dictionary’ni chop etuvchi Harper Collins nashriyoti climate strike, ya'ni “iqlimiy zabastovka” iborasini yil so‘zi deb topdi. Bu ibora internet foydalanuvchilar tomonidan boshqa iboralarga qaraganda ko‘proq qo‘llangan. Bu haqda Mirror nashri xabar berdi. 

Mutaxassislar ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu ibora 2015 yilda Parijdagi iqlim o‘zgarishi bo‘yicha xalqaro anjumanda ilk bor qo‘llangan va o‘shandan beri tobora ommalashib borgan. 2019 yilda bu ibora 2018 yildagiga qaraganda 100 marta ko‘proq qo‘llangan. 

Lug‘atga, shuningdek, rewilding, ya'ni “qayta yovvoyilashish” iborasi ham qo‘shilgan. Bu ibora hayvonlarning inson tomonidan butkul qirib tashlangan avvalgi yashash joylariga qaytishini anglatadi. 

Bundan tashqari, lug‘atga influencer (fikri muayyan auditoriyaga ta'sir qiluvchi odam) hamda hopepunk (televideniyeda optimizm muhitini yaratishdan iborat janr) so‘zlari ham kiritilgan.

Nashriyot 2018 yilda single-use (bir martalik qo‘llash), 2017 yilda fake news (soxta yangiliklar), 2016 yilda esa Brexit’ni yil so‘zi sifatida e'tirof etgandi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top