14:40 / 07.11.2019
0
14098

Olimlar suvda cho‘kmaydigan metall ixtiro qilishdi

Foto: University of Rochester

Bunday metalldan tayyorlangan mahsulotlar hattoki yorilgan yoki boshqa zarar yetgan bo‘lsa ham suvda cho‘kmaydi.

Rochester universiteti (AQSh) olimlari xitoylik hamkasblari bilan hamkorlikda metallar bazasini femtosekund lazeri yordamida qayta ishlash texnologiyasini yaratishdi. Bunday qayta ishlovdan so‘ng metall o‘ta kuchli gidrofobik xususiyatga ega bo‘ladi va undan tayyorlangan mahsulotlar suvda umuman cho‘kmaydi.

Bunday metalldan tayyorlangan buyum suvga tushganida uning atrofida havo pufakchalari paydo bo‘lib, uni suv yuzasiga chiqarib yuboradi. Buyum hattoki teshilgan yoki yorilgan, biror zarar yetgan bo‘lsa ham suvda cho‘kmaydi.

Olimlar bu ixtirolarini tanasi atrofini o‘rab turuvchi suvli qobiq yordamida suvda uzoq vaqt tura oluvchi suv o‘rgimchaklarini o‘rganib chiqib yaratishdi. Solenopsis chumolilari ham ana shunday usuldan foydalanadi. Ular bir guruh bo‘lib, o‘zlarini o‘rab olgan gidrofob tanalari yordamida hosil bo‘lgan havo evaziga suv yuzasida tura oladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top