19:59 / 07.11.2019
0
7248

Saudiya Arabistoni qiroli MRB direktori bilan uchrashdi

Qayd etilishicha, uchrashuvda qirollik umumiy razvedkasi direktori Xolid Ali al-Hamidon ham ishtirok etgan.

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdul Aziz Ol Saud Ar-Riyodda AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) direktori Jina Xespel bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Saudiya matbuot agentligi xabar berdi.

Agentlikning ma'lumot berishicha, tomonlar "o‘zaro manfaatli qator mavzular"ni muhokama qilgan. Shu bilan birga, agentlik aynan qanday masalalar to‘g‘risida so‘z borganligiga aniqlik kiritmagan.

Qayd etilishicha, uchrashuvda qirollik umumiy razvedkasi direktori Xolid Ali al-Hamidon ham ishtirok etgan.

MRB rahbari bilan uchrashuv Yaman hukumati va mamlakat janubidagi ayirmachilar Saudiya Arabistoni poytaxtida harbiy to‘qnashuvni to‘xtatish to‘g‘risida tinchlik kelishuvi imzolaganidan bir necha kun o‘tib amalga oshirildi. Jahon hamjamiyati mazkur kelishuvni yuqori baholadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top