15:40 / 07.11.2019
1
9853

Xitoydan Yevropaga yo‘l olgan ilk yuk poyezdi Bosfor bo‘g‘ozidan o‘tdi

Foto: Anadolu Agency

Uning tarkibi 21ta vagondan iborat bo‘lib, 42 dona konteyner olib ketmoqda. Poyezd 12 kun ichida 10 mamlakat orqali o‘tib, 11,5 ming kilometrga yaqin yo‘l bosadi.

Xitoydan Qozog‘iston, Ozarboyjon, Gruziya va Turkiya orqali Yevropaga yo‘l olgan ilk yuk poyezdi Bosfor bo‘g‘ozi ostidagi Marmaray tonnelidan o‘tdi. Bu haqda TRT telekanali xabar berdi.

Xabar qilinishicha, China Railway Express poyezdi Xitoyning Shian shahridan yo‘lga chiqqan. Uning tarkibi 21ta vagondan iborat bo‘lib, 42 dona konteyner olib ketmoqda. Poyezd 12 kun ichida 10 mamlakat orqali o‘tib, 11,5 ming kilometrga yaqin yo‘l bosadi. Uning so‘nggi manzili Chexiya poytaxti Praga bo‘ladi.

"Temir ipak yo‘li" deb ham nomlanuvchi "o‘rta transport yo‘lagi" Boku-Tbilisi-Kars temir yo‘li va Yevropani Osiyoni bilan bog‘lovchi Marmaray tonneli orqali o‘tgan.

Mazkur yo‘nalish tufayli Xitoydan Yevropaga yuk tashish xarajatlari va vaqti qisqarishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top