22:10 / 09.11.2019
0
22681

Mashg‘ulot vaqtida zarba o‘tkazib yuborgan bokschi vafot etdi

Duayt Richi oxirgi marta rossiyalik mashhur bokschi Konstantin Tszyuning o‘g‘li Tim Tszyu bilan jang qilgan va mag‘lubiyatga uchragandi.

Avstraliyalik bokschi Duayt Richi mashg‘ulot vaqtida olgan zarbasidan so‘ng vafot etdi. Bu haqda The Mirror xabar berdi.

27 yoshli sportchi Maykl Zerafga mashg‘ulot vaqtida raqiblik qilayotgandi. Sparring vaqtida u tanasiga zarba o‘tkazib yubordi. Bokschi o‘z burchagiga zo‘rg‘a yetib bordi va hushidan ketdi. Uni qutqarib qolishning iloji bo‘lmadi.

Richi so‘nggi marta rossiyalik mashhur bokschi Konstantin Tszyuning o‘g‘li Tim Tszyu bilan jang qilgan va mag‘lubiyatga uchragandi.

Duayt Richi professional ringda jami 25ta jang o‘tkazgan bo‘lib, 19 marta g‘alaba qozongan va ikki marta mag‘lubiyatga uchragan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top