08:44 / 10.11.2019
0
32589

O‘zbekistonda firibgarlikda gumonlanayotgan Janubiy Koreya fuqarosiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining tergov departamenti tomonidan “Korean and Migration xususiy bandlik agentligi” MChJ rahbar shaxslariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. 

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Janubiy Koreya fuqarosi Kang Namkyu jinoiy ishda gumonlanuvchi sifatida o‘tmoqda. 

Tergov departamenti ushbu shaxsning jinoiy harakatlaridan jabr ko‘rganlarga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishni so‘raydi: (+99871) 231-31-98, (+99871) 231-36-22, (+99871) 233-65-34.

Avvalroq O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida “Korean and migrations xususiy bandlik agentligi” litsenziyasi amal qilishi to‘xtatilgani ma'lum qilingandi. MChJ direktori va yana ikki fuqaroga O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi “A” bandi bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top