10:10 / 10.11.2019
1
6879

Qo‘qon erkin iqtisodiy zonasida yangi elektr podstansiyasi foydalanishga topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 avgustdagi «Erkin iqtisodiy zonalar samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun vazirliklar, idoralar va joylardagi davlat hokimiyati organlarini muvofiqlashtirishni kuchaytirish va ularning mas'uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hamda Vazirlar Mahkamasining «Urgut», «G‘ijduvon», «Qo‘qon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarining transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini jadal rivojlantirishga qaratilgan qarorlariga muvofiq, «Qo‘qon erkin iqtisodiy zonasi» faoliyat ko‘rsatmoqda.

Qo‘qon erkin iqtisodiy zonasida o‘z ichiga ikkita, ya'ni «A» va «V» zonalarini birlashtirgan 110/10 kVli «Qo‘qon EIZ» podstansiyasi ishga tushirilishi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev, viloyatdagi tashkilotlar rahbarlari va tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Elektr podstansiyasining «A» zonasida elektr ta'minoti bo‘yicha quvvati 630 kVA bo‘lgan ikkita transformator, 19 dona zamonaviy yacheyka va elektr qurilmalari o‘rnatildi. Tadbirkorlarni uzluksiz hamda sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlash uchun 2 zanjirli 110 kVli uzunligi 1,1 km bo‘lgan elektr uzatish tarmoqlari qurildi.

«V» zonada esa 110/10 kVli quvvati 25000 kVA bo‘lgan ikkita kuch transformatoridan iborat podstansiya qurilib, 4,2 km masofada 2 zanjirli 110 kVli elektr uzatish tarmoqlari qurilish-montaj ishlari yakunlandi. 24 dona temir-beton tayanchlar o‘rnatilib, uzunligi 1,5 km. bo‘lgan elektr uzatish tarmoqlari tortildi.

«Shuni alohida ta'kidlab o‘tish joizki, elektr podstansiyasining ishga tushirilishi nafaqat erkin iqtisodiy zonadagi tadbirkorlar uchun, balki atrof hududda yashovchi aholi uchun ham katta qulaylik yaratdi», deyiladi «Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ matbuot xizmati xabarida.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top