08:14 / 11.11.2019
0
5570

Kun.uz tanqididan so‘ng: Samarqanddagi chiqindixonaga aylangan bozor hududi tozalandi

Kun.uz saytida «Samarqanddagi chiqindiga to‘la bozor: bu yer qachon obodonlashtiriladi?» sarlavhasi ostida Samarqand shahridagi «Ipak yo‘li» buyum bozori qarshisidagi savdo do‘konlari orqasida joylashgan hududdagi yoyma bozor va u yerdagi antisanitariya holati haqida reportaj uyushtirilgan edi.

Ma'lum qilishlaricha, hudud Samarqand shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi inspektorlari tomonidan hashar yo‘li bilan tozalangan.

Mazkur hududda bunday holatlar takrorlanmasligi uchun fuqarolar o‘rtasida targ‘ibot ishlari ham amalga oshirilmoqda ekan.

O‘z muxbirimiz.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top