10:24 / 11.11.2019
3
21345

O‘zbekistonda yana 10 kishi is gazidan zaharlandi, ikki fuqaro vafot etdi

Foto: LADA.kz

2019 yil 9 noyabr kuni soat 07:30larda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani, Bog‘dod mahallasida yashovchi ayol B.I., uning 2 nafar farzandi hamda yashash xonadoniga mehmonga kelgan 5 nafar qarindoshi yashash uyi oshxonasidagi gaz plitasini yoqib, uxlab qolishi natijasida is gazidan zaharlanib, shifoxonaga yotqizilganlar.   

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Xayot Shamsutdinovning xabar berishicha, shuningdek, 2019 yil 10 noyabr kuni soat 13:00larda Nukus shahrida yashovchi fuqaro Ye.A. va uning turmush o‘rtog‘i qo‘lbola usulda yasalgan isitish qozini o‘chog‘iga ulangan tabiiy gaz ugaridan (is gazi) zaharlanib, vafot etganlar. 

Ikkala holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda. 

“Hurmatli fuqarolar! Bunday ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda yong‘in va xavfsizlik talablariga qat'iy rioya qilishingizni so‘raymiz”, - deyiladi ma'lumotda. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top