14:52 / 11.11.2019
0
4331

Schlumberger O‘zbekistonda konlarni qidirish va o‘zlashtirish bilan shug‘ullanishi mumkin

Foto: Kristoffer Tripplaar / Alamy Stock Photo

O'zlitineftgaz AJda Schlumberger Oilfield Eastern Limited kompaniyasi bilan maxfiylik to‘g‘risidagi bitimni va hamjihatlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolash borasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

«O‘zbekneftgaz» xabariga ko‘ra, ushbu hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdan maqsad O‘zbekistonda yangi va mavjud konlarda qazib chiqarishni qidirish, ishlab chiqish va optimallash doirasida texnologik hamkorlik bo‘yicha imkoniyatlarni joriy qilish, shuningdek amaldagi qonunchilikka muvofiq loyihalarni kelishishdan iborat. 

Shu bilan birga, tomonlar kelishuvi doirasida ishlab chiqarish quvvati va texnik vositalar, o‘zaro manfaatli loyihalarni sotish tadbirlarida ularning ishlanmalariga, texnologiya, nou-xau va hokazolarga tegishli ko‘rsatmalarda mavjud bo‘lgan mehnat va moliyaviy manbalar jalb qilinadi.

Ushbu uchrashuv doirasida Schlumberger Oilfield Eastern Limited va O'zlitineftgaz AJ Hamjihatlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi.

O‘tkazilgan muzokaralar natijasida tomonlar konlar geologiyasi va geofizikasi, uglerod xomashyosi konlarini ishlab chiqish, neft, gaz kondensati va gazni qazib chiqarish, tayyorlash, qayta ishlash va tashish, gazni, magistral gaz quvurlarini yer ostida saqlash, shuningdek «Raqamli konlar»ni o‘z ichiga olgan konsepsiya doirasida hamda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi neft-gaz kompaniyalari uchun servis xizmatlar ko‘rsatishda boshqa ilmiy-texnologik hamkorlikni o‘rnatish doirasida texnologik hamkorlik yuritish yuzasidan kelishib oldilar.

Bunday hamkorlik kelgusida kompaniyalar o‘rtasidagi korporativ munosabatlar mustahkamlanishi va ikki taraflama tajriba ortishi hamda strategik loyihalarni kengaytirishga oid imkoniyatlarning o‘sishiga olib keladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top