19:00 / 12.11.2019
0
9246

Afg‘onistonda «Tolibon»ning uch nafar rahbari ozodlikka chiqarildi 

Ularning ozod etilishi evaziga toliblar qo‘lida bo‘lgan ikki nafar xorijlik mutaxassis hukumatga topshirilgan.

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani mamlakat hukumati 2016 yilda o‘g‘irlab ketilgan Kobuldagi Amerika universitetining ikki nafar xorijlik professoriga almashtirish uchun "Tolibon" harakatining uch nafar rahbari ozodlikka chiqarilganini tasdiqladi. Bu haqda Ariana News agentligi xabar berdi.

G‘anining so‘zlariga ko‘ra, ularni muddatidan avval ozodlikka chiqarish to‘g‘risidagi qaror "og‘ir, lekin muhim insoniy qadam" bo‘ldi. 

Ma'lumot berilishicha, qamoqxonadan "Haqqoniy tarmog‘i" ekstremistik tashkiloti rahbarlari Hoji Mali Xon, Hafiz Rashid va Anas Haqqoniy, "Tolibon" rahbarlaridan birining ukasi Sirojiddin Haqqoniy ozodlikka chiqarilgan.

Ularning ozod etilishi evaziga toliblar qo‘lida bo‘lgan ikki nafar xorijlik mutaxassis hukumatga topshirilgan. Amerikalik va avstraliyalik ikki professor 2016 yilda jangarilar tomonidan asir olingandi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top