09:18 / 12.11.2019
0
6809

Saudiya Arabistonida noma'lum erkak spektakl vaqtida aktyorlarga hujum qildi  

Saudiya Arabistoni politsiyasi musiqiy spektakl vaqtida aktyorlarga pichoq bilan hujum qilgan erkakni qo‘lga oldi. Voqea Ar-Riyoddagi podshoh Abdulloh nomidagi bog‘da yuz berdi.    

Al-Ikhbariya telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, erkak spektakl vaqtida sahnaga pichoq bilan yugurib chiqqan va qo‘riqchilar tomondan ushlanishidan avval ikki erkak va bir ayol aktyorni jarohatlashga ulgurgan. Jinoyatchi arab davlatlaridan birining fuqarosi bo‘lib chiqqan. 

Saudiya Arabistonida 2018 yildangina konsertlar va jamoat joylarida erkaklar va ayollar ishtirokida tomoshalar tashkillashtirishga ruxsat berildi. Bu esa Saudiya Arabistoni aholisining konservativ qarashlarga ega qatlamlariga xush kelmaydi.  

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top