21:00 / 12.11.2019
5
89513

Talabalar uchun qishki ta'til muddati o‘zgarishi mumkin

O‘zbekistonda oliy ta'lim muassasalari talabalari 20 dekabrdan qishki ta'tilga chiqishlari mumkin.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi 22 dekabr kuni bo‘ladigan saylovlar munosabati bilan talabalar uchun qishki ta'til davri 20 dekabrdan 6 yanvargacha deb belgilanishi kutilayotgani haqida ma'lum qildi.

«2019 yilning 22 dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga umumxalq saylovlari o‘tkazilishi munosabati bilan talabalar o‘zi doimiy ro‘yxatdan o‘tgan yashash joyida ovoz berishlari uchun 2019-2020 o‘quv yili qishki ta'til davri 2019 yil 20 dekabrdan 2020 yil 6 yanvargacha deb belgilanishi kutilmoqda», deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

Bloger va huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev telegramdagi kanalida qishki ta'til vaqti oldinroqqa surilishi ehtimoli kattaligini aytib, talabalarga qishki ta'tilga ketish davrida samolyot va poyezdlarga chegirmalar berilishi ham kutilayotganini eslatib o‘tgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top