11:35 / 13.11.2019
0
11437

2200 dollarga qalbaki diplom sotayotgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Kun.uz’ga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Tezkor tadbir davomida Toshkent shahar, Uchtepa tuman xalq ta'limi bo‘limining xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudir o‘rinbosari J.N. fuqaro N.T.ga “Sherobod Agrosanoat kasb-hunar kolleji”ni 2007-2010 yillarda o‘qib tamomlaganligi haqidagi qalbaki diplomni 2200 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan J.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top