17:01 / 14.11.2019
0
6976

AQSh va Xitoyning muzokaralari yana boshi berk ko‘chaga kirib qoldi

Foto: Reuters

AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo muzokaralari yana boshi berk ko‘chaga kirib qoldi, chunki tomonlarning qator muhim masalalar bo‘yicha qarashlari turlicha bo‘lmoqda, deb yozmoqda The Wall Street Journal nashri o‘z manbalariga tayanib.

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Pekin kelishuv doirasida sotib olish majburiyati bo‘yicha qishloq xo‘jalik mahsulotlarining aniq hajmini kelishuv matniga kiritishni istamayapti.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp kelishuvga ko‘ra Xitoy yiliga 50 mlrd dollarlik qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotib olishini ma'lum qilgandi.

Pekin Xitoydan ko‘ra AQShga manfaatliroq bo‘lishi mumkin bo‘lgan kelishuvni imzolamoqchi emas va munosabatlar yomonlashishi ehtimoli uchun bo‘shliqqa ega bo‘lmoqchi, dedi manbalardan biri.

"Agar vaziyat yomonlashadigan bo‘lsa, xaridlarni istalgan vaqtda to‘xtatishimiz mumkin bo‘ladi", - dedi manba.

Yana bir bahsli masala esa Vashington Xitoy mahsulotlariga kiritilgan bojlarni qachon va qanday hajmda bekor qilishidir. Manbalarning qayd etishicha, bu XXRning muhim talablaridan biri hisoblanadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top