02:41 / 17.11.2019
0
18626

Tehronda kuchli qor yog‘ishi sababli maktablar yopildi

Foto: AFP

Kuchli qor yog‘ishi sababli Eronning Tehron viloyatida yakshanba kuni barcha boshlang‘ich va o‘rta maktablar yopilib, darslar bo‘lmaydi. Bu haqda viloyat gubernatori Muhsin Bandpeyga tayanib ISNA agentligi xabar berdi.

"Meteorologiya xizmatining ertangi kun uchun ma'lumotiga asosan Tehron viloyatidagi barcha boshlang‘ich va o‘rta maktablar yopiladi", - dedi gubernator.

Agentlikning xabar berishicha, ob-havo ma'lumotiga ko‘ra yakshanba kuni Tehronda qor, jala yog‘ishi va kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati 1-8 daraja iliq bo‘ladi. Hududda harorat pasayishi kutilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top