12:19 / 18.11.2019
0
4137

O‘zbekiston va Qozog‘iston qishloq xo‘jaligida hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» qabul qildi

O‘zbekiston va Qozog‘iston ikki mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirlari muzokaralari yakunlari bo‘yicha qishloq xo‘jaligida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» qabul qildi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi hukumati matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hujjatda 2019-2024 yillarda qishloq xo‘jaligi fani, ishlab chiqarish, sertifikatlash, savdo, raqamlashtirish, veterinariya va chorvachilik, o‘simliklar karantini sohalarida hamkorlikni rivojlantirish choralari belgilangan.

Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Mamin O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Bosh vazir qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘zaro yetkazib berishni ko‘paytirish, investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish va uchinchi mamlakatlar bozorlariga chiqish uchun katta salohiyat mavjudligini ta'kidladi.

Joriy yilning 9 oyida Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hamda qayta ishlangan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining tovar aylanmasi qariyb 770 million dollarni tashkil qildi. Qozog‘istonning O‘zbekistonga asosiy eksporti bug‘doy va meslin, bug‘doy uni, kungaboqar, shakar, qoramoldan iborat. O‘zbekiston asosan Qozog‘istonga gilos va olcha, yangi uzum, o‘rik, pomidor, shaftoli, xurmo, sabzavotlarni eksport qiladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top