07:52 / 19.11.2019
0
16257

Toshkentda 4ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Internet tarmog‘ida poytaxtdagi Gidrometmarkaz yaqinida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi aks etgan suratlar tarqaldi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent IIBBning ma'lum qilishicha, 2019 yil 18 noyabr kuni soat 10:40da Osiyo va Chingiz Aytmatov ko‘chalari kesishmasida 29 yoshli D.K. boshqargan Spark rusumli avtomobil svetoforning taqiqlovchi ishorasiga to‘xtagan uch nafar mashinalarga to‘qnashgan. 

Avtomobillardan biri, o‘z navbatida, oldida turgan Matiz’ga urilgan. YTH sababi: D.K.ning aytishicha, avtomobilining tormoz tizimi ishdan chiqqan. Hodisa tufayli hech kim jabr ko‘rmadi.

“Hurmatli haydovchilar! Transport vositangizning texnik holatiga e'tiborliroq bo‘ling. Ayniqsa ob-havo sovuqligida. Havoni sovib borishi bilan tormoz masofasi uzayib borishini unutmang. Yo‘llarda o‘zingizni ehtiyot qiling!” - deyiladi IIBB ma'lumotida.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top