14:06 / 21.11.2019
0
99413

«105-ro‘yxat»: fuqaroligi bekor qilinishi mumkin bo‘lgan o‘zbekistonliklar ro‘yxati e'lon qilindi

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi fuqaroligi bekor qilinishi mumkin bo‘lgan o‘zbekistonliklar ro‘yxatini e'lon qildi.

«Ro‘yxatda ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini bekor qilish masalasi amaldagi qonunchilikka muvofiq ko‘rib chiqilmoqda», - deya aytib o‘tilgan ma'lumotda.

«105-ro‘yxat» 1210 kishini o‘z ichiga oladi. Ushbu ro‘yxatda Rossiya, Belarus, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonda tug‘ilgan shaxslar bor. 

Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston Respublikasining Fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi yo‘qotilishi mumkin:

1) shaxs chet davlatda harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmati idoralariga, politsiyaga, adliya idoralariga yoki davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa idoralariga ishga kirganligi natijasida;

2) agar chet elda doimiy yashovchi shaxs uch yil ichida uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmagan bo‘lsa;

3) agar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi yolg‘onligi shak-shubhasiz ma'lumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etish natijasida olingan bo‘lsa;

4) agar shaxs chet davlat foydasini ko‘zlab faoliyat yuritish yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish orqali jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan bo‘lsa;

5) agar shaxs chet davlatning fuqaroligini olgan bo‘lsa.

Chet davlatning fuqaroligini qabul qilgan shaxs ushbu fakt haqida o‘ttiz kun ichida O‘zbekiston Respublikasining ichki ishlar organlariga yoki chet eldagi konsullik muassasalariga xabar berishi shart.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoni chiqqan kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi yo‘qotiladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top